Xotira va qadrlash kuni!
Xotira bor ekan, tirikdir millat,
Tirikdir iftixor, tirikdir g‘urur.
Xotira — elni xalq etguvchi qudrat,
Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Dilda Xotirani iymondek saqlang,
Dilda bo‘lsin ota - onaning yodi.
Chechakday ko‘karsin qalblar bog‘ida,
Olis ajdodlarning so‘ngan hayoti!